Yangiliklar sahifasi

Blog Image

Donorga qanday kafolatlar beriladi?

🩸«Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan donorga quyidagi kafolatlar taqdim etiladi.

✔️20-modda “Donorga beriladigan kafolatlar”

✔️Donor qon va uning komponentlarini topshirgan, hamda tibbiy tekshiruvdan o‘tgan kuni o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etiladi.

✔️O‘rta maxsus, professional o‘quv muassasalari o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalari, hamda boshqa kategoriyali o‘quvchilar qon va uning komponentlarini topshirgan, hamda tibbiy tekshiruvdan o‘tgan kuni, darslardan ozod etiladi. Harbiy xizmatchilar esa naryadlar, qorovullikdan va boshqa turdagi xizmatlardan ozod etiladi.

✔️Donorga har bir qon va uning komponentlarini topshirgan kundan keyin o‘rtacha ish xaqi saqlangan holda qo‘shimcha bir kun dam beriladi. Belgilangan dam olish kuni donorni xohishiga ko‘ra har yilgi ish ta’tiliga qo‘shilishi mumkin.

———————————————————————————————

Donortop.uz - Oson va tez qon xizmatlari sari