Donorlik qilish uchun kimlar qon topshirishi mumkin?
18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan, vazni 50 kg dan yuqori har bir shaxs qon topshirishi mumkin. Qon topshirish jarayonining muddati – 45 daqiqa bo‘lib, topshirilgan qonning maksimal hajmi – 450 ml tashkil etadi.
Donorlik - bu sharafli ish!
Donor aksari hollarda o‘ziga notanish inson hayotini saqlab qolish uchun ham yashashini doimo yodda tutadigan insondir.
Donorlik - salomatlik demakdir!
Donorlikni qonun-qoidalariga rioya qilsangiz o‘zingizning sog‘lig‘ingiz uchun foydali bo‘ladi va uzoq yillar davomida sizni turmush tarzingizga aylanishi mumkin. Siz donor ekansiz, demak siz — sog‘lom insondirsiz.
Donor huquqlari himoyalangan!
Siz donor ekansiz: tibbiy tahlil bepul o'tkaziladi va natijalari sir tutilishi kafolatlanadi, ikki kunlik ish haqi saqlangan holda dam olish uchun ma'lumotnoma beriladi.
Savol-javoblar
Donorlik bo'yicha tez-tez uchrab turuvchi savollarga javoblar
O'zbekistonda 18-65 yoshli insonlar donorlik qila olishadi. Ayrim mamlakatlarda milliy qonunchilik donorlar jismoniy va gematologik mezonlarga javob bersa va tegishli rozilik olingan taqdirda, 16 yoshdan boshlab qon topshirishga ruxsat beriladi. Ba'zi mamlakatlarda 65 yoshdan oshgan odamlarga sog'liqni saqlash mutaxassisi qaroriga ko'ra muntazam ravishda qon topshirishga ruxsat berilishi mumkin.
Bir yilda 4 marotabagacha qon topshirish mumkin. Har bir 5 marotaba ketma-ket qon topshirgandan so‘ng donorlar 3 oydan kam bo‘lmagan vaqt davomida dam olishlari tavsiya qilinadi. Qon topshirgandan 30 kun keyin donor plazma topshirishi mumkin. Plazma topshirgandan 14 kun o‘tgach donor yana qayta plazma topshirishi mumkin.
Sog‘lom odamga qon topshirish zararli emas. Muntazam qon topshirish ko‘nikib qolishga olib kelmaydi. Kuzatishlar qon topshirish bilan bog‘liq xech qanday o‘zgarishlar donorlar sog‘lig‘ida kuzatilmagan. Doimiy qon topshirish organizmni ko‘p qon ishlab chiqarishga majburlamaydi, balki qonni tezroq qayta tiklashga o‘rgatadi.
Qon topshirish 15 daqiqadan ko‘p vaqt olmaydi, qonning qismlarini (plazma, trombosit) topshirish 30 minutdan oshib, 1,5 soatga yetmaydi. Barcha ko‘ngillilar qon topshirishlariga imkon berish uchun har yili oliy o‘quv yurtlari, korxona-tashkilotlarda “Donorlik kunlari” o‘tkazilib kelinadi.
Doimiy, beg‘araz ravishda qon va uning komponentlarini topshirgan donorlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” («Почетный донор Республики Узбекистан») ko‘krak nishoni bilan mukofotlanadi.
Donorlik qilish uchun OʻzR SSV Respublika Qon Quyish Markaziga yoki hududiy qon quyish stansiyasi xodimlariga murojaat qilishingiz mumkin:
📍 Toshkent shahar : Sh.Rustaveli ko'chasi, 138 uy
📍 Andijon shahar : Qo’shariq ko'chasi, 39а uy
📍 Buxoro shahar : Cho’lpon ko'chasi, 12 uy
📍 Jizzax shahar : Tashlyak MFY, Shifokor ko'chasi, 3 uy
📍 Qarshi shahar : 3 mikrorayon, Navoiy ko'chasi
📍 Navoiy shahar : L.Tolstoy ko'chasi, 18 uy
📍 Namangan shahar : Boburshox ko'chasi, 12 uy
📍 Samarqand shahar : Pamir 1-tor ko'chasi, 7 uy
📍 Termiz shahar : Barkamol Avlod ko'chasi, 44 uy
📍 Guliston shahar : N.Zokirov ko'chasi, 330 uy
📍 Qoraqalpog’iston : Nukus, H. Rejepov ko’chasi
📍 Chirchiq shahar : Zakovat ko'chasi, 20а uy
📍 Farg’ona shahar : Madaniyat ko'chasi, 12 uy
📍 Urganch shahar : Manguberdi ko'chasi, 12a uy
So'ngi yangiliklar
Qon donorligi bo'yicha yangiliklar va maqolalar